TOʻXTAYEV

TOʻXTAYEV Saidaxrol (1942.1.9, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), kimyo fanlari dri (1984), prof. (1986). ToshPInitugatgan (1963). Oʻzbekiston FA Kimyo intida aspirant (1966 — 69), ilmiy xodim (1969 — 70), lab. mudiri (1971-y. dan), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1991—92). Oʻzbekiston FA Ugʻitlar intida boʻlim mudiri (1993 — 99), Oʻzbekiston FA Umumiy va noorganik kimyo intida lab. mudiri (2000-y. dan). Ayni vaqtda shu intdagi Toshkent Kimyotexnologiya intining «Noorganik moddalar texnologiyasi» kafedrasi filiali mudiri (2000-y. dan). Ilmiy ishlari oʻsimliklar oson oʻzlashtiradigan mikroelementlardan iborat birikmalar, fiziologik faol moddalar, murakkab mineral oʻgʻitlar olish va ularning samaradorligini oshirishga oid. Toʻxtayev rahbarligida Kizilqum fosforitlaridan oddiy va boyitilgan superfosfat, q. x. ekinlarini bargi orqali oziqlantirish uchun suvda eruvchan yangi murakkab oʻgʻitlar sintezining nazariy va texnologik asoslari ishlab chiqilgan. «Shuhrat» medali bn mukofotlangan (1996).

As: Formamid i udobreniya na yego osnove (v soavtorstve), T., 1986; Sulfat kaliya s mikroelementami (v soavtorstve), T., 1988; Problemы ximii, texnologii, agroximii, ekonomiki i ekologii udobreniy i defoliantov (v soavtorstve), T., 1990.


Lotin alifbosida maqola: TOʻXTAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
TOSHKENT
MINERAL OʻGʻITLAR
IBN SINO
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты