TOʻSHAK QANDALASI

TOʻSHAK QANDALASI, taxta qandalasi (Cimex lectularius) — qandalalar turkumi parazit qandalalar oilasiga mansub hasharot turi. Yer yuzining hamma joyida tarqalgan. Erkagining uz. 4,9 — 6,4 mm, urgʻochisi 4,8 — 8,4 mm. Qizgʻishqoʻngʻir (lichinkasi och sariq). Ogʻiz organlari sanchib soʻruvchi. Qanotlari ikkilamchi marta yoʻqolib ketgan. Odam va issiq qonli hayvonlar ektoparaziti. Qon bn oziklanadi. Toʻshak qandalasi chaqib, odamni bezovta kidali; teri qattiq qichiydi. Xonadonlar, tovuqxonalar, vivariylar, baʼzan qushlar va koʻrshapalaklar uyasida, kemiruvchilar inida yashaydi. Kechasi faol. Tez koʻpayadi. Uzoq vaqt (bir necha oygacha) ochlikka chidaydi; oson tarqaladi. Urgʻochi Toʻshak qandalasi sutkada 12 tagacha, yilda bir necha yuzta tuxum qoʻyadi. Tuxumlari bir necha kundan 1 oygacha rivojlanadi. Lichinkasi rivojlanish davomida (4 — 8 hafta) 5 yoshni oʻtadi. Har bir yoshda bir marta tullaydi. Tullashdan oldin lichinka qonga toʻyib oladi. Voyaga yetgan Toʻshak qandalasi 14 oygacha yashaydi.


Lotin alifbosida maqola: TOʻSHAK QANDALASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QANDALALAR
METAMORFOZ
QON KETISHI
MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI
TERI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты