TOʻQMOQ

TOʻQMOQ — Qirgʻizistondagi shahar (1927-y. dan). Chu vodiysining sharqiy qismida, Chu daryosining chap sohilida. Aholisi 71,7 ming kishi (1990-y. lar oxirlari).

Toʻqmoq 19-a. boshlarida Qoʻqon xonligi hududida qalʼa sifatida vujudga kelgan. Aholisi hunarmandchilik va savdosotiq bn shugʻullangan. 1938-y. da Toʻqmoq sh. gacha t. y. oʻtkazilgan. Sanoat mahsulotlari i. ch. boʻyicha (Bishkekdan keyin) 2oʻrinda turadi. Toʻqmoqda konserva, shakarqand, sut, shisha, avtomobil taʼmirlash, tosh kesish temirbeton buyumlari zdlari, «Goldstar» radiozavodi, goʻsht kti, karton, jun, kigiz bosish, junga dastlabki ishlov berish fkalari, q. x. ni mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish texnikumi, tibbiyot va madaniymaʼrifiy bilim yurtlari bor. Shahardan 15 km jan. da minorali oʻrta asr Burana xarobalari (11-a. boshlari) joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻQMOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
QIRGʻIZISTON
SHISHA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты