TOʻQTAYXON

TOʻQTAYXON, Toʻxta (? taxm. 1312) — Oltin Oʻrda xoni. Botuxonning nabirasi Mangu Temur va Oʻljoy xotunning oʻgʻli. 1288-y. Oʻrdadagi hokimiyatni idora qilayotgan amakivachchalari tomonidan kuvilgan. Toʻqtayxon panoh izlab Noʻgʻay oldiga borgan, u T. ning raqiblarini makkorlik bn huzuriga chaqirtirib qatl etgan va xonlik taxtiga Toʻqtayxonni oʻtqazgan (1291). Biroq oz fursatdan soʻng, Toʻqtayxon bn Noʻgʻay orasida nizo chiqib, oʻzaro kurash boshlangan. 1293-y. T. ning birodari Doʻdan Noʻgʻayga yonbosgan rus knyazlari mulklarini talontoroj qilgan. 1300-y. T. Noʻgʻayni uzilkesil magʻlubiyatga uchratib, Volgadan Dunaygacha boʻlgan yerlarni oʻz hokimiyati ostiga birlashtirgan. Ammo Toʻqtayxonning faol tashqi siyosat yuritishga boʻlgan saʼyharakati zoye ketgan. U elxonlardan Gʻozonxonge. tegishli boʻlgan Arron va Ozarbayjonni qoʻlga kirita olmagan. Toʻqtayxonning hukmronlik davrida mulkdorlarga qarshi olib borilgan harakat, 1310-y. da oʻtkazilgan pul islohoti ijobiy rol oʻynagan. Toʻqtayxon faoliyati, asosan, saltanat ichki siyosatini barqarorlashtirishga qaratilgan. Toʻqtayxon rus yerlariga yangi harbiy yurishga tayyorgarlik chogʻida vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻQTAYXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
BUXORO XONLIGI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты