TOʻQTAGʻUL SUV OMBORI

TOʻQTAGʻUL SUV OMBORI — Norin daryosining quyi oqimida, Chatqol va Fargʻona togʻ tizmalari orasidagi darada (Qirgʻiziston Respublikasi) barpo etilgan. 1978-y. ishga tushirilgan, umumiy hajmi 19,5 km3, foydali hajmi 14,0 km1. Suv ombori sugʻoriladigan yerlar koʻlamini 400 ming gektarga koʻpaytirish va 900 ming ga ekinzorning suv taʼminotini yaxshilashga, Norin daryosining koʻp yillik oqimini boshkarish, suv xoʻjaligi va suvenergetika vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Quvvati 1200 MVt boʻlgan Toʻxtagʻul GES ning ishlashini taʼminlaydi.

Gidrouzel quyidagi inshootlardan iborat: beton toʻgʻon, GES, zovurlar hamda filtratsiyaga qarshi vositalar, yordamchi inshootlar, toʻgʻonni mustahkamlovchi va boshqa yer osti inshootlari majmuasi. Murakkab topografik, geologik va gidrogeologik sharoitda amalga oshirilgan toʻgʻon qurilishida jahon amaliyotida birinchi marta bir qancha yangi texnologiyalar qoʻllangan.


Lotin alifbosida maqola: TOʻQTAGʻUL SUV OMBORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
QIRGʻIZISTON
XITOY
SIRDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты