TOʻQUMBOYEV

TOʻQUMBOYEV Aali (taxalluslari Balqa, Chalqar) (1904.7.11, Qirgʻizistonning gʻoz. Kemin tumani — 1988) — Qirgʻiziston xalq shoiri (1945), qirgʻiz yozma adabiyoti asoschilaridan. Qirgʻiziston FA akad. (1954). Qirgʻiziston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1934—49). «Mehnat guli» (1932), «Dastlabki sheʼrlar» (1934) kitoblari va «Tutqun Marat» dostoni (1932) zamonaviy mavzuda. «Dnestr chuqur dengizga quyiladi» (1939), «Yaralangan yurak» (1940) qissalari muallifi. 2-jahon urushi va urushdan keyingi yillarda yozgan sheʼrlar toʻplami («Tashakkur», 1944; «Zamon ovozi», 1966), doston («Manas vatandoshlari», 1941; «Doʻmbira navosi», 1960; «Jonli tarix», 1969) va pyesalari («Qasam», 1943; «Taftish davom etadi», 1962; «Biz ham soldat boʻlganmiz», 1965) qirgʻiz xalqining vatanparvarligi haqida. «Tong oldidan» sheʼriy romani («Qonli yillar», 1kitob, 1935; «Barhayotlik urugʻi», 2kitob, 1947, birlashtirilgan qayta nashri, 1962)da qirgʻiz xalqining turmush tarzi aks etgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Toʻqtagʻul Sotilgʻonov nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti laureata (1967).


Lotin alifbosida maqola: TOʻQUMBOYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QIRGʻIZISTON
YAPONIYA
FRANSIYA
TARIX
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты