TOʻQQIZOʻGʻUZ

TOʻQQIZOʻGʻUZ, tugʻizoʻgʻuz (qad. turkiycha oʻgʻuz — qabila) — qad. turkiy qabila ittifoqlaridan biri. Toʻqqizoʻgʻuz (seyanto) qabila ittifoqining asosini 9 qabila — seyanto, uygʻur, payegu, tunlo, xun, xusye, atye va b. tashkil qilgan. Ular hoz. tiva, oltoy, telengut, uygʻur xalklarining ilk ajdodlari hisoblanadi. 6-a. oxiri — 7-a. boshlarida yirik qabila ittifoqlaridan tele oʻz mustaqilligi uchun Turk xoqonligip qarshi kurash olib borgan. Bir qismi esa, Gobi sahrosining shim. ga, Tolo daryosi (Lena daryosining yuqori oqimlaridan biri) boʻylariga koʻchib kelib, Yangi Tele xoqonligini tashkil etishgan. Bu xoqonlikni seyanto qabilasi boshqargan. Toʻqqizoʻgʻuz hukmronligidagi xoqonlikka Moʻgʻuliston va Tuva yerlari kirgan. 7-a. oʻrtalarida Toʻqqizoʻgʻuz tarkibidagi uygʻurlar kuchayib, ular hukmron rol oʻynagan. 8-a. oʻrtalarida uygʻur va qarluqlarning toʻxtovsiz hujumlari natijasida Turk xoqonligi yengilgan. Markaziy Osiyoning gʻarbiy qismi uygʻurlar qoʻliga oʻtgan. Uygʻur qabila ittifoqi bir qancha qabilalarni, jumladan, Toʻqqizoʻgʻuzlarni ham birlashtirgan. Ilk oʻrta asrlarda uygʻur qabilalari ittifoqi Toʻqqizoʻgʻuz deb atalgan. Uygʻurlarning ilk ajdodlari tele qabila ittifoqi tarkibida boʻlgan. Keyinchalik kuchayib 663-y. da 1mustaqil Uygʻur xoqonligini barpo etgan. Lekin ularning mustaqilligi uzoqqa bormaydi. Uygʻurlar Sharqiy Turk xoqonligiga tobe boʻladilar. 2Turk xoqonligi inqirozga uchragach, uygʻurlar 8-a. oʻrtalarida yirik uygʻur xoqonligini tashkil qilib, hoz. Moʻgʻulistonning katta qismiga egalik qiladilar. Basmil, kisman qarluqlar (asosan, Xangay togʻi oldida yashovchilar) uygʻurlar tasarrufida boʻlganlar. 840-y. qirgʻizlar T. oʻ. larga (uygʻurlarga) qattiq talafot yetkazganlar. Shundan keyin uygʻurlar bir necha guruxlarga boʻlinadilar. Bularning bir qismi Shim. Xitoygacha, 2qismi Beshbaliq va uning atroflarigacha, 3qismi Turfon vohasiga kelib joylashib, kichik Uygʻur davlatini barpo etadilar.

Ad.: Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, Toʻqqizoʻgʻuz, 2001.


Lotin alifbosida maqola: TOʻQQIZOʻGʻUZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURK XOQONLIGI
XITOY
ROSSIYA
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты