XAAVELMO

XAAVELMO (Haavelmo) Tryugve (1911 — Oslo — 1999) — norveg iqtisodchisi. Oslo universitetini tugatgan (1933). 1947—79 y. larda Oslo universiteti iqtisodiyot prof., Garvard universitetida yoqlangan dissertatsiyasida (1944-y. da eʼlon qilingan «Ekonometriyada ehtimollik yondashuvi» asari) ekonometriya nazariyasini yangi gʻoyalar bilan boyitdi. «Iqtisodiy nazariya evolyutsiyasi boʻyicha tadqiqotlar» (1954) asarida iqtisodiy taxlil usulini qoʻllab global iqtisodiy tengsizlik muammolarini oʻrgandi. «Investitsiya nazariyasi boʻyicha tadqiqotlar» (1960) asari ham muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1989).


Lotin alifbosida maqola: XAAVELMO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IQTISODIYOT NAZARIYASI
NORVEGIYA
YAPONIYA
FRANSIYA
EKONOMETRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты