XABBL

XABBL (Habble) Edvin Pauell (1889.20.11, Marshfild, Missuri shtati — 1953.28.9, SanMarino, Kaliforniya shtati) — amerikalik astronom, AQSH Milliy FA aʼzosi (1927-y. dan). Yerk rasadxonasi (Chikago) (1914—17) va Maunt-Vilson rasadxonasida (1919) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari galaktikalarni, Koinotning uzluksiz kengayish xususiyatini oʻrganishga oid. Koinotda kuzatiladigan tumanliklarni ikki guruhga, yaʼni bizning Galaktikamiz (gazchangdan tashkil topgan) ga kiruvchi va Galaktikamizdan tashqarida joylashgan galaktikalarga ajratdi (1922). 1924—26 y. larda bizga yaqin boʻlgan boshqa galaktik tumanliklar tabiati bizning Galaktikamizga oʻxshash va yulduzlardan tashkil topganini koʻrsatib berdi. Bu bilan Koinotda Galaktikamizga oʻxshash yulduz sistemalari mavjudligini isbotlagan. Yaqin galaktikalarda bir nechta sefeid, sharsimon va gaz tumanliklari, qizil va zangori utagigantlarni ochgan. Galaktikalararo masofa bilan ularning nuriy tezliklari orasida kosmologik bogʻlanishni anikdagan (1929) (q. Kosmologiya, Xabbl qonuni).


Lotin alifbosida maqola: XABBL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
HINDISTON
TURKIYA
TOSHKENT
ASTRONOMIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты