YELLOUSTON MILLIY PARKI

YELLOUSTON MILLIY PARKI — AQSHning shim.-gʻarbidagi qoʻriqxona. Vayoming, Montana, Aydaxo shtatlarida. Qoyali togʻlarning oʻrta qismida, bal. 2200—2500 m platoda joylashgan. Platoning atrofi bal. 3000—3600 m li togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Mayd. 9000 km2. Y. m. p. — mamlakatdagi dastlabki qoʻriqxona, 1872-y. da tashkil etilgan. Parkning 90% hududi igna bargli qalin oʻrmon bilan qoplangan. Yellouston daryosida chuq. 360 m gacha, uz. 20 km li dara va bal. 94 m gacha boʻlgan sharsharalar bor, balchiq vulkani va koʻl koʻp, eng kattasi Yellouston koʻli (mayd. 139 km2). 3 mingga yaqin geyzer bor. Yirik hayvonlardan qora ayiq (baribal), qoʻngʻir ayiq (grizli), bugʻu, ohu, antilopa, koyot, bizon va b., qushlarning 200 ga yaqin turi mavjud. Yellouston milliy parkining tabiati manzarali, yiliga 4,5 mln. gacha turist keladi.


Lotin alifbosida maqola: YELLOUSTON MILLIY PARKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT
ROSSIYA
SHIMOLIY AMERIKA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты