XABBL QONUNI

XABBL QONUNI — Koinotning uzluksiz kengayishi xususiyatini ifodalovchi qonun; 1929-y. da E. Xabbl taklif etgan. Bu kengayishning eng oddiy modeli bolalar sharini puflaganda uning kattalashishidir. Bunda shar sirtidagi boshlangʻich nuktalar bir-biridan vaqt davomida uzoqlashib boradi. Kuzatuvchi shu nuktalarning (galaktikalar toʻdasining) birida joylashgan, deb tushuntiradi. Galaktikalar toʻdalari va kvazarlarning bizdan uzokdigi R va uzoklashish tezligi V orasidagi bogʻlanish quyidagicha ifodalanadi: V=HR; bunda N — Xabbl doimiysi. X. q. katta masshtabda doimo oʻrinli, N doimiy fizik tabiatiga koʻra, vaktga bogʻliq funksiya boʻlib, gravitatsion tortish kuchlari Koinot kengayishini sekinlashtirishi mumkin.

Xabbl qonuni amalda keng qoʻllaniladi. Uning yordamida, xususan, bizning Galaktikamizdan juda uzoqda joylashgan obyektlargacha boʻlgan masofa osonlik bilan aniklanadi. Buning uchun obyektning spektridan uning qizilga siljishp qiymati topilib, yuqoridagi formuladan masofa kiymati hisoblanadi. Koinot galaktikalari, odatda, koʻproq toʻdalarni hosil qilib, ularga kirmaydiganlari (oʻz xususiy tezliklari boʻlgani uchun) X. q. ga taxminan 15% xatolik bilan boʻysunadi.


Lotin alifbosida maqola: XABBL QONUNI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KOSMOLOGIYA
KOINOT
ASTRONOMIYA
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты