XABERTIOZ

XABERTIOZ — chorva mollarining invazion kasalligi. Koʻproq qoʻylarda uchraydi, ularning yoʻgʻon ichagida parazitlik qiluvchi Chabertia ovina nematodalari qoʻzgʻatadi. Hayvonlar invazion lichinkalarni suv yoki oʻt bilan yutganda zararlanadi. Kuchli oriqlash, junning hurpayishi va toʻkilishi, kamqonlik va ich ketish bilan kuzatiladi. Yosh mollar oʻsish va rivojlanishdan orqada qoladi.

Davosi: 1 kg vazniga 0,5 g fenotiazin yoki 0,5 g diterezinni hoʻllangan kepakka yoki boshqa yemga qoʻshib berish; nilverm preparatini teri ostiga yuborish yoki ichirish; 1 % li formalin aralashmasi bilan chuqur klizma qoʻyish.

Oldini olish: hayvonlar yaylovga chiqarishdan oldin gelmintsizlantiriladi.


Lotin alifbosida maqola: XABERTIOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICH KETISHI
ICH TERLAMA
DIZENTERIYA
OKEAN
Bojalar guruhi - Yigirma yosh


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты