YENSEN

YENSEN (Jensen) Yoxannes Vilgelm (1873.20.1, Farse, Yutlandiya — 1950.25.11, Kopengagen) — Daniya yozuvchisi. Yensenning ilk romanlari «Daniyaliklar» (1896) va «Eynar Elker» (1898). «Ximerland tarixlari» (1898 — 1910) hikoyalar toʻplamida Y. Shim. Yutlandiya tabiati, aholisining turmushini tasvirlagan. «Qirolning qulashi» (1—3-qismlar, 1900—01) tarixiy romani oʻrta asrdagi Daniya dehqonlarining ijtimoiy adolat uchun kurashi toʻgʻrisida. Yensen gotik irq deb atalmish irqqa qayta hayot baxsh etishni targʻib qildi. Yozuvchining irqiy-biologik nazariya bilan qiziqishi «Olis yoʻl» epopeyasida oʻz ifodasini topdi (1—6-qismlar, 1908—22) va shu asari uchun Y. Nobel mukofoti laureati buldi (1944). «d. ʻOra xonim» (1904) va «Gʻildirak» (1905) romanlarida kapitalistik Amerika hayotiiing haqqoniy manzaralari berilgan. Yensen «Sheʼrlar» (1906), «Afsonalar» (1907—44), «Yillar daqiqasi» (1923), «Yutlandiya shamoli» (1931) tuplamlari muallifi. Yensen ijodiga realizmni modernistik uslub b-n uygʻunlashtirish xos.


Lotin alifbosida maqola: YENSEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DANIYA
FRANSIYA
ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты