XAVFSIZLIK TEXNIKASI

XAVFSIZLIK TEXNIKASI — mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; i. ch. dagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar qamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i. ch. da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i. ch. ga tatbiq qilish.

Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va b. kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizasshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va b. doimo nazorat qilinadi. I. ch. ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va b.)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.

Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtayi nazaridan eng xavfli va maʼsuliyatli korxonalar — paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik korxonalari, teri oshlash korxonalari va b. hisoblanadi, chunki bu korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va b. Shu tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi. Xavfsizlik texnikasi texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash bilan uzviy bogʻliq boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: XAVFSIZLIK TEXNIKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
TOSHKENT
TABIATNI MUHOFAZA QILISH
KIMYO
OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты