YIL

YIL — vaqt oʻlchov birligi: Yerning Quyosh atrofida bir marta toʻla aylanib chiqadigan vaqtga yaqin. Uning davomiyligiga olimlar qadimdan qiziqqanlar. Qad. Xitoy va Misrda Yil ancha aniq hisoblangan. Yunon olimi Gipparx mil. av. 2-a. da Yil «1/300 kuni kam 365 1/4 kun» ekanligini aniqlagan. Bu esa hozirgidan farq qiladi (q. Kabisa yil). Hoz. vaqtda turli Yil tushunchalari qoʻllaniladi. Mac, Quyoshning koʻrinma harakatida uning yulduzlarga nisbatan ketma-ket 2-marta bir xil vaziyatni egallashi orasida oʻtgan davr yulduz Yili (siderik Yil) deyiladi; uning davomiyligi 365,256360 oʻrtacha sutkaga teng. Quyoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan ketma-ket 2-marta oʻtishi orasidagi davr tropik Yil deyiladi, u 365,242196 oʻrtacha sutkaga teng. Bundan tashqari, anomalistik Yil — Quyoshning perigeliydan ketma-ket 2-marta oʻtish orasidagi davr (365,259641 oʻrtacha sutka), ajdar Y. — Quyoshning Oy orbitasi tugunlarining biridan (koʻtariluvchi yoki pasayuvchi) ketma-ket ikki marta oʻtishi orasidagi davr (346,620047 oʻrtacha sutka) va b. Y. hisoblari mavjud. Shuningdek, Yilning fasl, oylarga boʻlinishi va davomiyligiga qarab hijriy – qamariy, hijriy-shamsiy Yil hisoblari va h. k. mavjud (q. Kalendar).


Lotin alifbosida maqola: YIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KALENDAR
VAQT
XITOY
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты