YILLIK MAROM

YILLIK MAROM, mavsumiy marom — biologik jarayonlar va hodisalar intensivligi hamda xarakterining yillik davriy takrorlanib turishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlar; qutblardan tortib to tropik zonalargacha boʻlgan hududlardagi barcha organizmlarda kuzatiladi. Tashqi muhit sharoitining kun uzunligi bilan birga oʻzgarishi Yillik marom uchun asosiy signal boʻladi (q. Fotoperiodizm). Biologik jarayonlarning yillik takrorlanib turishi tur uchun muhim boʻlgan reaksiyalar yigʻindisini oʻz ichiga oladi. Yillik marom organizmlarning migratsiyasi, qishki yoki yozgi uyquga ketishi, boshpana, in, uya qurishi kabi xilma-xil faoliyatida namoyon boʻladi. Biokimyoviy va fiziologik funksiyalarning mavsumiy oʻzgarishi oʻsish, rivojlanish, koʻpayish, termoregulyatsiya, faol harakatlanish va b. hodisalar bilan bogʻliq. Koʻpchilik oʻsimlik va hayvonlarda Yillik marom doimiy muhit sharoitida oʻzgarmas boʻlsada, koʻpincha turga xos hodisa va jarayonlarning qatʼiy takrorlanib turishi bu maromdan chetga chiqishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: YILLIK MAROM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
BIOLOGIYA
TOSHKENT
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты