XAZANOVICH Raxil Leybovna (1906.9.10, Ukraina, Poltava viloyati Loxovitsa sh. — 2002) — farmakognost, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), farmatsevtika fanlari dri (1955), prof. (1958), Xarkov farmatsevtika intini tugatgan (1929). Priluki sh. dorixonasida assistentretseptor (1929 — 33), tamaki fkasida kimyo lab. boshligʻi (1934—35), Dnepropetrovsk farmatsevtika inti farmatsevtik kimyo va farmakognoziya kafedrasida assistent (1935— 40). 1940-y. dan Toshkent farmatsevtika inti farmakognoziya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda surgi va burishtiruvchi taʼsirga ega boʻlgan dorivor oʻsimliklarni oʻrganishga oid.