XAZAR TILI

XAZAR TILI — Xazar xoqonligi aholisi tili; ulik tillardan. Vizantiya, arab, yahudiy va b. tarixiy manbalarning maʼlumotlari hamda etnonimika va toponimika materiallari Xazar tilining turkiy tillar oilasiga mansubligini tasdiklashga va uni bulgʻor tili bilan yaqin qarindosh deyishga imkon beradi. Oʻrta asr tarixchilari va filologlari Xazar tilining bulgor (al-Istaxriy) va pecheneg (bijanak — M. Koshgariy) tillari bilan yaqinligini qayd etganlar. Venger olimi A. Vamberi, rus olimlari V. V. Grigoryev, A. A. Kunik, V. V. Bartoldlar uni turkiy tillar oilasiga mansub deb hisoblaydilar. V. V. Bartold xazar shaxri nomi «Sarkel» etimologiyasini («oq qaʼla») chuvash tilidagi ayni maʼnoda boʻlgan birikma («shura kil» — oq uy) bilan qiyoslab, lingvistik asoslarga kura uni chuvash tili bilan genetik yaqinligini qayd etadi. N. A. Baskakov esa Itil, Sarkel, Samandar, Balanjar kabi toponimlarni eng qad. xazar soʻzlari deb xisoblaydi. Bir qator turkiyshunoslar hoz. turkiy tillardan qrimtatar, qoʻmiq tillarida, ozarbayjon tilining shim. laxjalarida Xazar tilining taʼsirini aniklaganlar. Shunday boʻlsada, Xazar tilining turkiy tillarga mansubligi haqidagi fikrlarning ayrimlari ilmiy faraz darajasida qolmoqda.


Lotin alifbosida maqola: XAZAR TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JAHON TILLARI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TURKIY TILLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты