YIRTQICH PASHSHALAR

YIRTQICH PASHSHALAR, ktirlar (Asilidae) — qoʻshqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Yirtqich pashshalar yirik pashshalar boʻlib, tanasining uz. 4—40 mm. Boshi keng va harakatchan, mustahkam xartumi bor, qorni uzun va yassi, lichinkasi oq yoki sariq, chuvalchangsimon, silindr shaklda, aksariyat boshi va keti tomon ingichkalashib boradi. Gʻumbagi yopiq, oyoklari va oʻsimta belgilari aniq koʻrinadi. Yirtqich pashshalar toʻgʻriqanotlilar (chigirtka va b.), qoʻshqanotlilar, pardaqanotlilar va baʼzi qoʻngʻizlarga hujum qiladi. Yirtqich pashshalar lichinkasi koʻpincha tuproqda yashaydi va qirsildoq qoʻngʻizlar, qora qoʻngʻiz, buzoqboshi qoʻngʻizlari, gʻalla qoʻngʻizlari va b. lichinkalari bilan oziqlanadi. Oqish (Asilus albiceps Mg.), sargʻish Yirtqich pashshalar (A. rufi nerois Mg.) va b. turlari keng tarqalgan. Ekinzor Yirtqich pashshalar ikkilamchi hasharot hisoblanadi. Lekin chigirtkalar koʻplab urchigan yillari Yirtqich pashshalar zararkunandalar oʻchogʻini tugatishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi (yana q. Foydali hasharotlar).

Norqoʻzi Ergashev.


Lotin alifbosida maqola: YIRTQICH PASHSHALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI
YER
OʻSIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI
MAY QOʻNGʻIZLARI
QOʻNGʻIZLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты