XAZINACHI

XAZINACHI — hukmdor va b. ning pullari, qimmatbaho buyumlari va b. moddiy boyliklarini saklovchi shaxs. Somoniylar davrida Buxoro Registoni atrofida joylashgan 10 ta devonning 2-si X. devoni, yaʼni mustovfiy devoni hisoblangan. Xorazmshohlar davrida mustovfiy oʻlka moliya organi boshligʻi, moliya maslahatchisi, oʻlka boshqaruv organi aʼzosi tarzida faoliyat koʻrsatgan. Qoraxoniylar davlatida X. masʼuliyatli lavozimlardan biri sanalib, agichi atamasi bilan ifodalangan. 14—16-a. larda Markaziy Osiyo davlatlarida xazina uchun masʼul shaxslar «xozin», «xazinador» atamalari bilan ifodalangan. Eski oʻzbek tilida ham «X.» istilohi qoʻllanilgan. Buxoro xonligida X. nisbatan quyi mansablardan biri hisoblangan.

Ad.:A6u Bakr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy, Buxorotarixi, T., 1966; Yusuf Xos Hojib, Qutadgʻu bilig, T., 1971; Shixab ad-Din Muxammad an-Nasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal adDina Mankburnы, Baku, 1973; Bartold V. V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, Sochineniya, t. 1, ch. 1, M., 1973.


Lotin alifbosida maqola: XAZINACHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAXONIYLAR DAVLATI
IBN SINO
SOMONIYLAR
XORAZMSHOHLAR DAVLATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты