YIRTQICHLAR

YIRTQICHLAR, etxoʻr hayvonlar (Carnivora) — sut emizuvchilarning bir turkumi. Kattaligi har xil. Tanasining uz. 20 sm dan (latcha) 3 m gacha (oq ayiq). Ogʻirligi 0,1—700 kg. Bu turkumga, asosan, yirtqich hayvonlar kiradi. Qoziq tishi katta, oziq tishlari oʻtkir. Kurak tishlari kichik va yaxshi rivojlanmagan. Yuqori jagʻidagi oxirgi soxta va birinchi chin oziq tishlarining koʻrinishi oʻzgarib, yirtqich tishga aylangan. Yirtqichlarning tirnoqlari yaxshi taraqqiy etgan va oʻtkir. Baʼzilarining tirnoqlari ichkariga botib kirgan. Koʻrish, eshitish va hidlash organlari yaxshi rivojlangan. Oshqozoni oddiy, koʻrichagi qisqa yoki mutlaqo yoʻq. 7 ta; mushuksimonlar, viverrasimonlar, susarsimonlar, sirtlonsimonlar, itsimonlar, ayiqsimonlar va yenotsimonlar oilalariga boʻlinadi. Yirtqichlar Avstraliya va Polineziyadan tashqari qamma yerda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 oilaga mansub 25 tacha turi uchraydi. Yirtqichlar zararkunanda kemiruvchilar sonini cheklovchi hamda tabiatda kasal va nimjon xayvonlar sonini kamaytiruvchi tabiiy sanitarlar sifatida ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: YIRTQICHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
XITOY
SUT EMIZUVCHILAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты