XAZONREZGILIK

XAZONREZGILIK — daraxtlar va butalar, baʼzan oʻtlar (qichitqon oʻt) bargining toʻkilishi. Barglar yilning muayyan davrida bir vaktda (mas, barg tukadigan daraxtlarda) yoki uzoq vaqt davomida (doim yashil usimliklarda) bittadan toʻkilishi mumkin. Tropik mintaqalarda daraxtlar bir necha kun, moʻtadil iqlimli hududlarda 8—9 oy bargeiz boʻladi. X. — barglarning qarishi bilan bogʻliq normal fiziologik jarayon. X. oldidan barglarda chuqur biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar sodir boʻladi: xlorofill yemiriladi; karotinoidlar uzoq vaqt sak/ganib qolib, bargning kuzgi rangini belgilaydi. Barglardagi oziq moddalar zaxira toʻplovchi organlar (tuganaklar, ildizmeva, ildizpoyalar) oʻsish nuqtalari va yosh novdalarga oʻtadi. X. mexanizmi barg yoki barg bandi asosida parenxima hujayralari hisobidan koʻchib tushadigan qatlamning hosil boʻlishi bilan bogʻliq. Bargni poyada ushlab turadigan oʻtkazuvchi toʻkima bargning ogʻirligi va shamol taʼsirida uzilib, toʻkiladi. X. oʻsimliklarning namlik sarfini kamaytirish va novdalarni qor ogʻirligi taʼsirida sinishdan saqlanishga moslanishdan iborat evolyutsion jarayon.


Lotin alifbosida maqola: XAZONREZGILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FOTOSINTEZ
BARG
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты