YETS

YETS, Yets, Yeyts (Jeats) Uilyam Batler (1865.13.6, Sandimaunt, Dublin yaqinida — 1939.28.1, Rokbryun, Fransiya) — irland shoiri va dramaturgi, simvolizm namoyandasi. 90-y. lardagi «Irland uygʻonish davri» madaniy harakatining tashabbuskori va qatnashchisi. Birinchi milliy teatr asoschisi. Irland adabiyot akademiyasini tashkil etishda qatnashgan. Yets ijodi irland folklori bilan mustahkam aloqada rivojlangan: «Ossianning sarguzashtlari» (1889) dostoni, «Sirli atirgul» (1897) sheʼriy toʻplami va b. «Xulienning qizi Ketlin» (1902) pyesasida irland xalqining milliy ozodlik harakati qoʻllabquvvatlangan. «Minora» (1928), «Aylanma zina» (1933) sheʼriy toʻplamlarida tushkunlik kayfiyati seziladi. Ijodida kelt mifologiyasiga murojaat qilgan, bu unga milliy irland adabiyotini qayta tiriltirish imkonini berdi. Yets oʻzining sahna asarlari bilan sheʼriy dramaning taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshdi. Umrining soʻnggi yillaridagi asarlarida ramziy obrazlarning koʻpligiga qaramay, kiborlar jamiyatidagi ikkiyuzlamachilik va riyokorliklar qoralanadi. Nobel mukofoti laureati (1923).


Lotin alifbosida maqola: YETS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
XITOY
UYGʻONISH DAVRI
HINDISTON
IRLANDIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты