XAYEK

XAYEK (Hayek) Fridrix Avgust fon (1899.8.5, Vena 1992.23.3, Frayburg) — iktisodchi va faylasuf. Iktisodiy nazariyadagi Avstriya maktabi anʼanalarini rivojlantirgan iktisodiy liberalizm maktabi vakili. Vena universitetini tugatgan (1921). Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya va Avstriyada ishlagan. Ilmiy ishlari pul nazariyasi, iktisodiyot fanining metodologik muammolari, iqtisodiy, ijtimoiy va tuzilmaviy hodisalarning oʻzaro aloqadorligi masalalariga bagʻishlangan, keynschilikiint koʻpgina qarashlariga eʼtiroz bildirgan. Sotsializm gʻoyalari va amaliyotini qattiq tanqid qilgan. Asosiy asarlari: «Narxlar va ishlab chiqarish» (1931), «Qullikka yoʻl» (1944), «Qonun, qonunchilik va erkinlik», 1—3 jildlar, (1973—79) va b. M. Fridmen bilan hamkorlikda Gʻarb mamlakatlari iktisodiy siyosatida neokonservativ burilish ilhomchilaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1974, T. Myurdal bilan birgalikda).


Lotin alifbosida maqola: XAYEK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
AVSTRIYA
GERMANIYA
FRANSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты