YOGA

YOGA (sanskritcha — birlashish, muloqot) —1) inson ruhiyati va fiziologiyasini boshqarish taʼlimoti va metodi. «Xalos boʻlish» (moksha yoki nirvana) holatiga erishishni maqsad qilib qoʻygan hind diniy va falsafiy tizimlarining tarkibiy qismi. Insonda (ruhiyatni muayyan yoʻsinda chogʻlash orqali) organik va anorganik jarayon va jismlarni boshqarish uchun qandaydir kuch va imkoniyatlar mavjudligini tan oladi. Yogada jismoniy mashqlar tizimi ishlab chiqilgan va organizmning nafas olish va b. fiziologik funksiyalarini boshqarishda, insonda xohlagan ruhiy holatni vujudga keltirishda maʼlum muvaffaqiyatlarga erishilgan. Asosiy falsafiy gʻoya-si — inson psixofiziologiyasi bilan koinot oʻrtasidagi uygʻunlik; 2) hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni eʼtirof etadigan) tizimlardan biri. Qad. hind faylasufi Patanjali (mil. av.2-a. bilan mil. 2-a. oraligʻi) asos solgan. Yoga metodlari tabiati va funksiyalarini, ularni qoʻllanish bosqichlari va b. ni tadqiq etgan. Umumiy falsafiy masalalarda sankxya taʼlimotiga ergashadi.


Lotin alifbosida maqola: YOGA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
YUNONISTON
HINDISTON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты