XAYITQORA

XAYITQORA — kechpishar tarvuz navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik i. t. intining Oʻrta Osiyo tajriba styasida yaratilgan. Palagi uzun, yon shoxlar va barglar soni koʻp. Barglari konus simon, rangi yashil, bir oz mayin tukli. Mevasi shakli teskari sharsimon, katta. Tusi toʻq yashil, baʼzan qoramtir. Poʻsti qalin (1,9—2,5 sm), qattiq. Yuzasi silliq, band tomoni sezilmas doʻngroq. Yerga tegib turgan joylari sargʻish jigarrang. Vazni 3,5—4,5 kg. Etining rangi kizil, sersuv, sershira, tarkibida 8,1% quruq modda va 7,2% qand bor. Hosili 120— 130 kunda pishadi. Hosildorligi 300— 320 s/ga. Tashishga va saqlashga chidamli. 1949-y. dan davlat ryoyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi.


Lotin alifbosida maqola: XAYITQORA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
Tushda tarvuz ko`rsangiz nimani bildiradi.
GULOBI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты