XAYNAN

XAYNAN — Xitoydagi provinsiya. Jan. Xitoy dengizidagi orodda. Materikdan Xaynan boʻgʻozi orqali ajralgan. Mayd. 34,3 ming km2. Aholisi 7,5 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Xaykou sh. Relyefi, asosan, tekislik, jan. da togʻlar (eng baland joyi 1867 m) bor. Iqlimi mussonli, tropik iqlim. Yanv. ning oʻrtacha trasi 16—19°, iyulniki 29°. Doim yashil oʻrmon va butazorlar bor. Iqtisodiyotida q. x. yetakchi oʻrinda. Sholi, paxta, shakarqamish ekiladi. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo va rezina, oziq-ovqat (choy, shakarqand, kokos yongʻogʻi, konserva) sanoati korxonalari mavjud. Provinsiya 1988-y. da tashkil etilgan.


Lotin alifbosida maqola: XAYNAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты