XAYROBOD ESHON MAJMUASI

XAYROBOD ESHON MAJMUASI — Toshkent sh. dagi meʼmoriy yodgorlik (16—20-a. boshlari). Xayrobod eshon mablagʻiga usta Qoraxoʻja rahbarligida bunyod etilgan. Majmua sharqqa qaratib yonmayon qurilgan, tomi gumbazlar bilan yopilgan masjid, maqbara, hovuzli hovlidan iborat. Maqbara trapetsiya tarhli (7,5×7,7 m), bezaksiz, pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida barpo etilgan. Bosh tarziga devor sathidan 80 sm boʻrttirib uncha katta boʻlmagan peshtoq ishlangan, gumbazi ravoklar shaklidagi bagʻallarga oʻrnatilgan, ichki devorlarida sayoz ravoqli taxmonlar bor, gʻarbiy devoridagi tuynuk orqali xonaga yorugʻlik tushib turadi. Maqbara eshigi yogʻoch panjara shaklida, tobadoniga yogʻoch oʻymakorligida panjara ishlangan. Masjid toʻrtburchak xonali (12,5x 16,5 m), oldi va shim. tomonidan ustunli ayvonlar bilan tutashgan. Masjidning ichki devorlariga taxmonlar va odam boʻyi balandligida gir aylana navoli tokchalar ishlangan. Jan. devoridagi 2 ta deraza tashki tarafdan buklama yogʻoch pardaderaza bilan berkitiladi. Ayvonlar tomi tekis, toqili shifti bir necha boʻlaklarga boʻlinib, islimiy naqshlar bilan turli ranglarda jozibador bezatilgan. 20-a. da taʼmirlangan. Hovuz saqlanmagan.


Lotin alifbosida maqola: XAYROBOD ESHON MAJMUASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
XALQ IJODI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты