XAYROBODTEPA

XAYROBODTEPA — shahar xarobasi (mil. av. 1 a. — mil. 3—4-a. lar) Termiz sh. (Surxondaryo viloyati)dan 30 km shim. da, Angor qishlogʻi yaqinida joylashgan. Tarhi toʻrtburchak (150×100 m), minoralari boʻlgan mudofaa devori va xandaq bilan oʻralgan. Xayrobodtepaning jan. sharqiy qismida mustahkamlangan ark boʻlib, uning atrofiga ham xandaq qazilgan. X. qadimda devor bilan teng 2 qismga ajratilgan. Devorning eni 8 m, saqlangan bal. 10 m. X. ning bir qismida ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda ham hayot davom etgan. Arxeologik qazishmalar natijasida sopol idishlar, terrakota haykalchalar, baqtriy yozuvi bitilgan xumlar, Sapadbiz, Neron, Kadfiz II, Kanishka, Vasudeva tangalari chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: XAYROBODTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SURXONDARYO VILOYATI
XITOY
ROSSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты