XAKAS TILI

XAKAS TILI — turkiy tillardai biri; asosan, RFning Xakasiya Respublikasida, Krasnoyarsk oʻlkasi va Tiva Respublikasining unga qoʻshni tumanlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 80 ming kishidan ortiq (20a. ning 90-y. lari). Lahjalari: sagay, kalchin, kizil va shor; ulardan sagay va kachin lahjalari adabiy tilga asos boʻlgan.

Xakas tilining fonetika sohasidagi asosiy belgilari: 17 unli va 24 undosh mavjud; unlilarning choʻziq va qisqa variantlari bor. Asl xakas soʻzlaridagi undoshlarning qattiq va yumshoqligi unliga bogʻliq: orqa qator unlilari bilan doimo qattiq undoshlar, old qator unlilari bilan yumshoq undoshlar uygʻunlashadi. Bu hodisa fonematik darajada boʻlmaganligi sababli, variant undoshlar yozuvda aks etmaydi. Xakascha soʻzlar boshida jarangli undoshlar deyarli boʻlmaydi. Grammatikasi barcha turkiy tillardagi kabi belgilarga ega boʻlsada, ayrim yasovchi affikslarning qoʻllanishi, kelishiklar tizimi, ayrim feʼl shakllari jihatidan oʻziga xosliklarga ega. Leksikasida oz mikdorda arabcha va forscha, lekin anchagina ruscha va moʻgʻulcha oʻzlashmalar bor. Yozuvi 1926-y. dan rus grafikasi, 1929-y. dan lotin grafikasi va 1939-y. dan yana rus grafikasi asosida shakllangan.


Lotin alifbosida maqola: XAKAS TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
TURKIY TILLAR
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты