YORKIN Pavel Konstantinovich

YORKIN Pavel Konstantinovich [1891.10(22). 2, Kiyev – 1952.9.12, Toshkent] — balet artisti, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1952), oʻzbek professional balet sanʼatini yaratuvchilaridan. 1910—35 y. larda Kiyev, Odessa, Xarkov, Dnepropetrovsk, Rostov, Tbilisi opera va balet teatrlarida solist, baletmeyster va badiiy rahbar. 1935 — 38 y. larda Toshkent rus opera va balet teatrida baletmeyster va pedagog-repetitor. 1944—52y. lar Navoiy nomidagi opera va balet teatrida bosh baletmeyster. Eng yaxshi postanovkalari: «Boqchasaroy favvorasi» (B. Asafyev), «Koppeliya» (L. Delib), «Don Kixot» (L. Minkus), «Kizil gul» (R. Glier), «Raqqosa» (G. Mushel), «Oqqush koʻli» (P. Chaykovskiy), «Oqbilak» (S. Vasilenko) va b. 17 ta opera raqslarini sahnalashtirgan. 1944 i. da teatr qoshida balet studiyasi tashkil qilib, 1948-y. gacha rahbarlik qilgan. Yorkin tashabbusi bilan Moskva xoreografiya bilim yurti krivda oʻzbek balet studiyasi tashkil qilingan (1948—51).


Lotin alifbosida maqola: YORKIN Pavel Konstantinovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
UKRAINA
ALISHER NAVOIY
BALET


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты