XALAJ, qoloch — qad. turkiy qabila. X. lar dastavval (6-a.) Jan. Sibirda, keyinchalik Talas vodiysida, Koshgʻarda yashagan. 7—8-a. larda katta qismi Toxaristonga (asosan, Shim. Afgonistonga va Movarounnahr yerlariga) borib oʻrnashganlar, vaqg oʻtishi bilan Xalajlar tub yerli axrli bilan aralashib ketgan. Ayrim qabilalar oʻz etnik nomlarini 20a. boshlarigacha saklab kolganlar. Xalajlar afgon-xiljoylarning shakllanishida hal qiluvchi rol oʻynagan. Shuningdek, Xalajlar Eronning jan. dagi koʻchmanchi turkiy qabilalar — qashqaylarning muxim komponentlaridan birini tashkil etgan. Tojikistonning jan. va Vaxsh vodiysidagi Xalajlar esa, 16-a. boshlaridayoq mustakil etnik birlik xisoblangan. 19-a. ga oid yozma manbalarda Xalajlar Amudaryoning oʻrta oqimidagi turkman qabilalari qatorida tilga olingan. Oʻrta asrlarda Xalajlar tarqoq holda Movarounnaxrning boshqa viloyatlari (jumladan, Zarafshon vodiysi va Qashqadaryoning yuqori qismi)da ham yashagan. Hoz. X. avlodlari Eron, Zakavkazye va Afgʻonistonda turk va eron tilli xalklarda etnik nom sifatida saklanib qolgan.