XALAJ TILI

XALAJ TILI — turkiy tillardan biri. Markaziy Eronda, Tehronning jan. garbida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 20 ming kishi atrofida (oʻtgan asr 80-y. lari oxiri). Shevalari 2 guruxga — shim. va jan. guruxdarga boʻlinadi.

Xalaj tilida qad. turkiy til elementlari, xususan, birlamchi choʻziq unlilar saklangan; soʻz oʻrtasi va oxirida boshqa turkiy tillarda z, t, j, r kelgan oʻrinlarda d qoʻllanadi. Ayrim kelishik qoʻshimchalari va feʼl shakllarida ham bir qator oʻziga xosliklar mavjud. Leksikada eng qad. turkiy qatlam hamda kelib chiqishi noaniq boʻlgan soʻzlar qatlami ajralib turadi; ozarbayjon tilidan, eroniy lahjalardan oʻzlashmalar bor. Asosan, xotinqizlar oʻrtasida kundalik muomala tili hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: XALAJ TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
ERON
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты