YOSHKAR-OLA

YOSHKAR-OLA (1919-y. gacha Saryo vo – kokshaysk, 1919—27y. larda Kras – nokokshaysk) — RFdagi shahar, Mariy El Respublikasi poytaxti. Volga daryosidan 50 km shim. da. Qozon — Moskva liniyasidagi t. y. stansiyasi. Shosse yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 276,5 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. «Elektroavtomatika», yarimoʻtkazgich asboblar, «Kontakt», savdo mashinasozligi, oʻrmon xoʻjaligi mashinasozligi, asbobsozlik, sovitkich jihozlari z-dlari bor. Vitamin, sut, konserva, sunʼiy charm z-dlari, goʻsht-sut k-tlari, konditer, trikotaj, tikuvchilik, poaybzal f-kalari bor. Mebel va kurilish materiallari ishlab chikariladi. 3 oliy oʻquv yurti, jumladan, unt, 9 ta oʻrta maxsus oʻquv yurti, 3 muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), Mari musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, telemarkaz mavjud. Yoshkar-Olaga 1584-y. asos solingan.


Lotin alifbosida maqola: YOSHKAR-OLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MARIY EL
ROSSIYA
QIRGʻIZISTON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты