XALIL MARDAMBEK

XALIL MARDAMBEK (MARDAMBEY) (1895 — Damashq — 1959.21.7) — arab shoiri, adabiyotshunos, davlat arbobi (Suriya). London universitetini tugatgan (1929). Damashkdagi Arab FA aʼzosi (1925) va prezidenti (1953—59), Qoxiradagi Arab tili akademiyasi aʼzosi (1948-y. dan), Iroq FA aʼzosi (1949-y. dan), Suriya hukumatida Maorif (1948) va Tashki ishlar (1953) vaziri. X. M. Suriya adabiyotshunosligi rivojiga katta xissa qoʻshgan, Damashkda «ArRobita valadabiiya» («Adabiy aloqalar») adabiy jamiyati (1921) va shu nomdagi adabiy jur. (1929), shuningdek, «AsSaqofa» («Madaniyat») adabiy jur. asoschilaridan. «Suriya shoirlari» (1—3-j. lar, 1954), «Arab adabiyoti tarixi» (1—5j. lar, 1955) monografiyalarining muallifi. Oʻrta asr arab shoirlari Ibn Xayyus, Ibn Unayn, Ali ibn alJaxma asSomiy va b. ning devonlarini izohlar bilan nashr ettirgan. Xalil Mardambekning arablar birligiga daʼvat etuvchi sheʼrlari va sheʼriy dramalarida millatparvarlik ohanglari kuchli. Sheʼrlar devoni shoirning vafotidan soʻng nashr etilgan.


Lotin alifbosida maqola: XALIL MARDAMBEK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IROQ
ALISHER NAVOIY
SURIYA
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты