YOʻL JAMGʻARMASI

YOʻL JAMGʻARMASI — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlaydigan mustaqil moliya-kredit davlat muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-y. 5-iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan. «Oʻzavtoyoʻl» konserni tarkibida.

Respublika Y. j. shirkat xoʻjaliklari, kooperativlar, transport, qurilish korxonalari, tashkilotlari, savdo, bank muassasalari va b. ning daromadi (foydasi) dan ajratmalar (1%), «Oʻzavtoyoʻl» konserni tarkibidagi korxonalar, birlashmalar daromadlaridan ajratmalar, avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun olinadigan toʻlovlardan va b. mablaglardan shakllanadi.

Yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari respublika byudjeti tarkibiga kirmaydi va olib qoʻyilishi mumkin emas, shuningdek, ularga soliq solinmaydi. Yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari yirik obyektlar qurilishlariga, respublika umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini (44 ming km dan ortiq, 2002) qurish, taʼmirlash ishlariga va b. yoʻl ehtiyojlari uchun sarfla-nadi. Yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari 63 mlrd. soʻmni tashkil etdi (2001; 2000-y. da 52 mlrd. soʻm). Tohirjon Mirzayev.


Lotin alifbosida maqola: YOʻL JAMGʻARMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BANKLAR
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты