XALIL SULTON

XALIL SULTON (1384-1411.4.11) temuriylardan boʻlgan Movarounnahr hukmdori (1405—09). Amir Temurnint nabirasi. Mironshohnit oʻtli. Saroymulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli X. S. Sohibqironning Hindistonga kilgan yurishida (1399— 1400) qatnashib katta jasorat koʻrsatgan. Kuyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Temurning gʻazabiga uchragan, soʻng kechirilgan. Sohibqironning Xitoyga kilgan yurishida Xalil Sulton qoʻshinning oʻng qanoti boshligʻi etib tayinlangan. 1405-y. Amir Temur vafot etgach, Movarounnaxr taxtini egallagan. Oʻziga qarshi bosh koʻtargan amirlar (Xudoydod, Olloxdod, Shayx Nuriddin va b.)ga qarshi betinim kurashgan. Davlat xazinasini behuda sarflab, hokimiyatni boshqarishda xotinining soʻzlariga amal qilgan. Saroydagi katta mansablarga tasodifiy kishilar tayiilangan. Bu boshqa temuriylarning qattiq noroziligiga uchragan. Xuroson hukmdori Shohrux katta qoʻshin bilan Movarounnaxrga yurish qilib, Samarqandni egallagan. Shohrux bilan tuzilgan shartnoma (1409) natijasida Movarounnahrdan voz kechgan. Xalil Sultonga Ray berilgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Xalil Sulton vafot etgach, Shodimulk ham oʻzini oʻddirgan.


Lotin alifbosida maqola: XALIL SULTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TEMURIYLAR
SHOHRUX
TOSHKENT
ULUGʻBEK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты