XALILIY

XALILIY — ertapishar uzum navi. Bu navning Qora X. va Oq X. xillari bor. Qora yoki qizil X. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston Turkmanistonda tarqalgan. Tupi kuchli usadi. Bargi yirik, orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (280—300 g), shingillari tigʻiz. Gʻujumi yirik, tuxumsimon, toʻq kizil, eti sershira, karsillaydi, pusti yupqa. Tarkibida kand mikdori 17—18%, nordonligi 4—4,5%. Iyul oʻrtalarida pishadi. Ragʻa bilan kasallanadi. Hosiddorligi 100—120 s/ ga. O q X. vatani — Eron. Uzbekistan, Turkmaniston, Rossiyaning Stavropol oʻlkasi, Marokash va Kaliforniyada ekiladi. Tupi kuchli usadi. Bargi oʻrtacha, sal choʻziqroq, sal burishgan yoki silliq. Guli kush jinsli. Uzum boshi oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumlari oʻrtacha, oqish yoki koʻkishsariq, poʻsti yupqa, eti sersuv, tarkibida qand mikdori 18 — 19%, nordonligi 4—4,5%. Hosildorligi 120—160 s/ga. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida rnlashtirilgan.


Lotin alifbosida maqola: XALILIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
MAROKASH
YER
ROSSIYA
TURKMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты