XALILOV

XALILOV Nabijon (1922.6.1, Qoʻqon — 2002.7.7, Toshkent) — dirijyor, kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Hamza teatrida musiqa boʻlimi boshligʻi (1952—56), Oʻzbek davlat filarmoniyasida simfonik orkestr dirijyori (1957—64), «Uzbekistan» ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari (196568), 1968-y. dan Muqimiy teatrida bosh dirijyor sifatida oʻnlab spektakllarni saxnalashtirgan. Ayni paytda, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida oʻqituvchi (1968-y. dan), prof. (1989-y. dan), kafedra mudiri (1970—91). «Baxt toʻyi» (Yo. Mirzo), A. Muhamedov bilan hamkorliqsa «Olifta» (F. Musajonov), «Dilafruzga toʻrt oshiq» (T. Minnulin), «Sexrli uzuk» (S. Qoriyev), «Toshkentga sayohat» (B. Darvesh) kabi musikali drama va komediyalar musikasini, shuningdek, «Jon Oʻzbekiston» vokalraqs syuitasi, «Nido» yukalsimfonik poemasi, «Toshkent gullari», «Sevgilimbahorim» va b. qoʻshiqlarni yozgan.


Lotin alifbosida maqola: XALILOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XALQ IJODI
RAJABIYLAR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты