XALIFA

XALIFA (arab. — oʻrinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi. X. Muhammad paygʻambar (sav) ning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad (sav)dan keyingi toʻrt X. (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi Xalifalar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar X. nomi bilan atalgan. 13-a. dan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari oʻzini diniy boshliq ham daʼvo qilib, X. nomiga ega boʻlishgan. 16-a. da turk sultonlari oʻzlarini X. deb atay boshlaganlar, bu holat 1924-y. gacha, yaʼni usmonlilar davlati tugaguncha davom etgan.


Lotin alifbosida maqola: XALIFA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ISLOM
QURʼON
IBN SINO
XALIFALIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты