YOʻLBARS

YOʻLBARS (Panthera tigris) — mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Shu oilaning eng yirik vakili. Tanasining uz. 160—290 sm (baʼzan 3 m dan ortiq), dumi 114 sm gacha, vazni 390 kg gacha. Boshi yumaloq, mallarang, tanasining orqa va yon tomonlarida koʻndalang qora yoʻllari boʻladi. 7 ta kenja turi maʼlum. Gʻarbiy va Jan.-Sharqiy Osiyo hamda Hindiston ya. o. da tarqalgan. Rossiyaning Primorye oʻlkasida amur Y. i (P.t. altaica) uchraydi. 20-a. ning 30-y. gacha Kavkaz ortida, 50-y. gacha Amudaryoning quyi oqimida (turon Y. i P.t. virgata) uchragan. Yoʻlbars 20 a. boshlarigacha Chirchiq havzasida ham yashagan. Yoʻlbars, asosan, toʻqaylar, qalin qamishzor va togʻ oʻrmonlarida yashaydi. Ular yovvoyi tuyoqli hayvonlar, jumladan, toʻngʻizlarni ovlaydi, odamxoʻr Yoʻlbars kamdan-kam uchraydi. 2—3 yilda bir marta bolalaydi, homiladorlik davri 98—112 kun, 2—6 ta bola tugʻadi; 5—6 oy emizadi. Bolalari 1—2 yoshida mustaqil yashay boshlaydi. Soni juda kamayib ketgan, barcha kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: YOʻLBARS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
HINDISTON
OSIYO
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты