XALONEN

XALONEN (Halonen) Tarya (1943. 24.12, Xelsinki) — Finlyandiya davlat arbobi. Xelsinki universitetini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi (1968). Faoliyatini Finlyandiya talabalar milliy uyushmasi kotibligidan boshlagan. 1970-y. larda Finlyandiya kasaba uyushmalari markaziy tashkilotida advokat, Finlyandiya bosh vaziri huzurida parlament kotibi, 1979-y. dan parlamentda Finlyandiya sotsialdemokratik partiyasidan deputat. 1985-y. dan parlamentning ijtimoiy masalalar boʻyicha komissiyasi raisi, 1987-y. dan Finlyandiya ijtimoiy taʼminot va sogʻliqni saqlash ikkinchi vaziri, adliya vaziri (1990—91), 1995-y. dan tashqi ishlar vaziri. 2000-y. 6 fev. dan Finlyandiya Respublikasi prezidenta.


Lotin alifbosida maqola: XALONEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI
KASABA UYUSHMALARI
FINLYANDIYA
FRANSIYA
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты