YOʻLDOSH NEFT GAZLARI

YOʻLDOSH NEFT GAZLARI, yoʻlakay neft gazlari — neft va gaz uglevodorodlaridan hosil boʻlgan mahsulotlar sifatida tabiatda doimo birga uchraydigan gazlar. Har qanday neft uyumida maʼlum bir miqdorda gaz miqdori mavjud va u qatlam sharoitida neftda erigan holatda boʻladi. Neft yer yuzasiga chiqqan paytda u bilan birgalikda chiqadi.

Qatlam neftidan ajraladigan va uning harakat yoʻlida burgʻi qudugʻi ogʻzidagi asboblardan to neftni yigʻuvchi punkt rezervuarlarigacha ajraladigan gazlarning umumiy miqdori potensial gaz omili deb ataladi. Gaz omili qatlamda neftda erigan gaz miqdorini ifodalaydi va uning qatlamdagi miqdori zaxira sifatida hisoblanadi. Qatlamdagi gaz omilining miqdori va eriganlik darajasi qatlamning toʻyinganlik bosimiga bogʻliq. Demak, qatlamdan olinayotgan neft yer yuziga chiqqach, gazsiz neft va neft gaziga ajraladi. Neft bilan chiqadigan Yoʻldosh neft gazlarining 1 t neftga toʻgʻri keladigan miqdori bir necha m3 dan bir necha yuz kubometrgacha borishi mumkin. Bu miqdor neftning fizik xossalariga, qatlamning joylashish sharoitlari va rejimiga, qatlam bosimi va t-rasiga hatto yil fasliga ham bogʻliq holda metan, etan, propan, butan, pentan va geksan gazlaridan tashkil topgan boʻladi (yezda Yoʻldosh neft gazlari miqdori nisbatan koʻproq).

Yoʻldosh neft gazlari tarkibi, asosan, toʻyingan uglevodorodlardan iborat. Aksariyat hollarda, bu gaz metan va etandan iborat boʻlib, ogʻir gazlar kam uchraydi va ularning miqdori ham kam.

Gazlar neftdan trap (neftni gazdan ajratadigan asbob) yordamida ajratiladi va burgʻi qudugʻidan quvur orqali olib ketilib, yoqib yuboriladi. Bu isrofgarchilikka va ekologiya muvozana-tining buzilishiga sabab boʻladi. Yoʻldosh neft gazlarini kon boʻyicha yigʻib, undan foyda-lanish maqsadga muvofiq (yana q. Gazlar).


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSH NEFT GAZLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
ATMOSFERA
OKEAN
GAZLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты