YOʻLDOSHBOYEV Toymas Sottiyevich

YOʻLDOSHBOYEV Toymas Sottiyevich (1931.30.7, Toshkent) – fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), fizika-mat. fanlari dri (1972), prof. (1983). Moskva un-tini tugatgan (1954). Oʻzbekiston FA Fizikatexnika i. t. inti (1959—62, 1971 — 80), ToshDU (1956 — 59), Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida ilmiy xodimi (196271), Toshkent elektrotexnika aloqa in-ti prorektori (1980 — 83), Oʻzbekiston FA Astronomiya in-ti direktori (1983—95), Oʻzbekiston FA «Fizika-Quyosh» IICHB lab. mudiri (1995-y. dan). Ilmiy ishlari yuqori energiyalar yadro fizikasi, astrofizika va kosmik nurlar fizikasiga oid. Yoʻldoshboyev noyob qurilma ishlab chiqib, pionlar va nuklonlarning yadro bilan oʻzaro taʼsirlarining xarakterida muhim farqlanishni aniqladi. Uning «Pomir» xalqaro hamkorlik doirasida oʻtkazgan keng miqyosdagi eksperimentlari ikkilamchi zarralarda azimutal korrelyatsiyalarning keskin oʻsish effektining kashf etilishiga olib keldi.


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSHBOYEV Toymas Sottiyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
TOSHKENT
ASTRONOMIYA
KOSMIK NURLAR
ASTROFIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты