YOʻLDOSHEV Karim Yoʻldoshevich

YOʻLDOSHEV Karim Yoʻldoshevich (1933.10.5-Toshkent – 1999.22.10) – kardiolog, Oʻzbekiston FA akad. (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Tibbiyot fanlari dri (1971), prof. (1972), ToshTIni tugatgan (1957). Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasi mudiri (1973-y. dan), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari (1973—82), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya i. t. instituti direktori (1988-y. dan), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi (1996-y. dan) va tibbiyot fanlari boʻlimi raisi (1996 — 98), Y. ichki aʼzolar klinik fiziologiyasi va patologiyasi, kardiologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, farmakoterapiya va salomatlikni tiklash muammolari ustida tadqiqot olib borgan. Yoʻldoshev rahbarligida yurak-qon tomir, nerv, ovqat hazm qilish sistemalari, nafas aʼzolari, tayanch-harakat apparati kasallangan bemorlar sogʻligʻini tiklash maqsadida organizmdagi aʼzolar va sistemalar funksiyasining maʼromiga fizik omillar taʼsiri oʻrganildi. U Sharq tabobati markazini tashkil etib, uning faoliyatiga rahbarlik qildi. Rossiya tibbiyot FA muxbir aʼzosi (1991).


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSHEV Karim Yoʻldoshevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
SOGʻLIQNI SAQLASH
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
OʻZBEKISTON FTIZIATRIYA VA PULMONOLOGIYA INSTITUTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты