YOʻLDOSHEV Muborak Saydaqulovich

YOʻLDOSHEV Muborak Saydaqulovich (1934.23.2, Chimkent sh.) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1962; Ch. Ahmarov, M. Saidov, V. Riftinlardan taʼlim olgan). Navoiy nomidagi akademik opera va balet katta teatrida rassom (1962—64; J. Puchchinining «Floriya Toska» operasi va b.), Samarqand opera va balet teatrida bosh rassom (1964 — 72; S. Boboyevning «Yoriltosh» va «Ham-za» operalari, B. Asafyevning «Boqchasaroy favvorasi», M. Ravelning «Bolero», S. Balasanyanning «Layli va Majnun» baletlari va b. spektakllarning sahna bezaklarini yaratdi). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida pedagog (1972—80). Yoʻldoshev ijodida tarixiy mavzu yetakchi oʻrin tutadi: «Goʻroʻgʻli, «Koʻhna Urganch», «Alpomish», «Avesto», «Xoʻja Hofiz» turkumida asarlar, «Amir Temur» triptixi va b. ; Y., shuningdek, portretlar («Kompozitor Karim hoji», «Ergash Jumanbulbul», «Pulkan shoir», «Islom shoir» va b.) mavzuli asarlar («Samarqand bozori», «Amir Temur maqbarasi» va b.), natyurmortlar («Siren» va b.) muallifi hamdir. Yoʻldoshev 1965-y. dan respublika va chet mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda oʻz asarlari bilan faol ishtirok etadi.


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSHEV Muborak Saydaqulovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
ISLOM
NAVOIY TEATRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты