YOʻLDOSHEV Sadriddin Xoʻjayevich

YOʻLDOSHEV Sadriddin Xoʻjayevich (1917.22.2 — Toshkent — 1993.24.4) – biolog olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1968), VASXNIL (1978) akad., biol. fanlari dri (1966), prof. (1970). Oʻrta Osiyo unti biol. f-tini tu-gatgan (1939). Tosh-kent pedagogika in-tida oʻqituvchi (1939-41), oʻrta maktabda direktor (1942-47). Oʻzbekiston FA Usimliklar eksperimental biol. si in-tida aspirant (1948—51), katta ilmiy xodim (1951—54), Markaziy ilmiy baza direktori (1954—58), shu in-t direktori oʻrinbosari (1958—65), direktori (1966—70), Butunittifoq Paxtachilik inti («SoyuzNIXI») direktori (197276), VASXNIL Urta Osiyo boʻlimi raisi (1976—84). 1984-93 y. larda Oʻzbekiston Paxtachilik i. t. in-tida ilmiy maslahatchi. Ilmiy ishlari gʻoʻza biologiyasi, ayniqsa, unyng yotib qolishi sabablari, vilt kasalligiga karshi kurash masalalariga ba-gʻishlangan. Toshkent 2, Toshkent 3 gʻoʻza navlari mualliflaridan biri.

As: Polegayemost xlopchatnika i puti yeyo snijeniya, T., 1966; Regulyatsiya rosta xlopchatnika s pomoshyu retardantov, T., 1977 (hamkorlikda); Faktorы urojaynosti xlopchatnika, T., 1982 (hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSHEV Sadriddin Xoʻjayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты