YOʻLDOSHEV Shukrulla Ubaydullayevich

YOʻLDOSHEV Shukrulla Ubaydullayevich (1935.11.4, Toshkent) — mexanik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), texnika fanlari d-ri (1982), prof. (1983). Toshkent politexnika in-tining mexanika f-tini tugatgan (1957). Oʻrta Osiyo q. x. ni mexanizatsiyalash va elektrlashtirish i. t. intida katta ilmiy xodim (1962—64), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1974—76). Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash muhandislari in-tida dotsent va kafedra mudiri (1977—83), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1983—87), «Mexanizatsiya» markazining prorektori (1987—91), 1997-y. dan kafedra mudiri. Ilmiy ishlari q. x. mashinalarini taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish, paxta terish mashinalarining texnikaviy darajasini oshirish, ish kursatkichlarini yaxshilash va b. masalalarga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995 — 2000).

As: Texnicheskoye sovershenstvovaniye xlopkouborochnыx mashin, T., 1976; Mashinalar ishonchliligi va ularni taʼmirlash asoslari, T., 1994.


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSHEV Shukrulla Ubaydullayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
PAXTA TERISH MASHINALARI
OLIY OʻQUV YURTLARI
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты