XALKOPIRIT

XALKOPIRIT (yun. Chalkos mis va pirit) , mis kolchedani — mineral, mis va temir sulfidi. Kimyoviy tarkibi CuFeS2 (34,57% mis, 30,54% temir, 34,9% oltingugurt), aralashma holda Ag, Zn, Au, As, Se, Sn bor. Tetragonal va kub singoniyada kristallanadi. Moʻrt. Yarimoʻtkazgich; antiferromagnetik. Donador, yashirin kristalli, baʼzan buyraksimon agregatlar hosil qiladi. Rangi oltindek sariq, toʻq sariq. Metalldek yaltiroq. Qattikligi 3—4; zichligi 4,1—4,3 g/sm3. Deyarli barcha genetik tipdagi magmatik konlardan choʻkindi konlargacha uchraydi. Intruziv jinslar orasida joylashgan misnikel sulfid konlarida pirrotin, pentlandit, magnetit, kubanit va b. minerallar bilan birga topiladi. Nurash jarayonida X. hisobiga kuprit, malaxit, limonit, xrizokolla va b. minerallar hosil boʻladi. X. misning eng koʻp tarqalgan minerali va mis rudalarining asosiy minerali. Konlari RF (Norilsk), Qozogʻiston (Jezqazgan), Kanada, Ispaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Markaziy Afrikada mavjud. Oʻzbekistonda Olmaliq, Qoʻngʻirot, Qoʻrgʻoshinkon, Qalmoqqir, Qoʻshbuloq, Qoramozor konlarida topilgan.


Lotin alifbosida maqola: XALKOPIRIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
MINERAL
YER
KANADA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты