YOʻLDOSHEVA

YOʻLDOSHEVA Muhabbat (1923.8.3, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969). 1939-y. dan Respublika yosh tomoshabinlar teatrida ishlaydi. U yaratgan obrazlarning aksariyati ijobiy boʻlib, uning qahramonlari hayotiyligi, samimiyligi, dramatik kuchi, inson psixologiyasini chuqur his qila bilishi va uning ruhiy holatini to-moshabinga toʻliq yetkaza olishi bilan ajralib turadi. «Qamar» (X. Qosimov) spektaklidagi Qamar uning sahnadagi ilk rolidir. Eng yaxshi rollari: Zolushka («Zolushka»), Gerda («Qor malikasi»), Gʻujumoy («Qovoqvoy va Chanoqvoy»), Moʻtabar («Mardlar qissasi»), Galya («Amu qahramonlari»), Juliya («Veronalik ikki yigit»), Yeremeyevna («Noraso»), Dora xola («Tom togʻaning kulbasi»), Ona («Shum bola») va b. U, shuningdek, travesti rollar ustasi. Telespektakllarda Buviniso («Elmurod»), Xosiyat xola («Erk»), Ona («Qoraqalpoq qizi»), Sora («Gʻulgʻula»), Muloyim xola («Qaynona»), Halima («Xoji afandi uylanarmish») kabi obrazlar yaratgan. «Mehnat shuhrati» ordeni (1997), «Jasorat» medali bilan mukofotlangan (1994).


Lotin alifbosida maqola: YOʻLDOSHEVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
XALQ IJODI
FRANSIYA
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota-onam xoji qilaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты